Tel-Aviv yaqinidagi Petax-Tikva shahrida terrorchilik harakati amalga oshirildi. Meduza’ning yozishicha, hodisa oqibatida to‘rt kishi jabrlangan — uch kishi o‘qotar quroldan yaralangan bo‘lsa, bir kishi pichoq tegishidan shikastlangan.
The Jerusalem Post’ning xabar berishicha, terrorchi bozor ichida o‘t ochgan. Politsiya uni jinoyat joyida qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. Ynetnews’ning yozishicha, hujum qilgan gumonlanuvchi yashirinishga uringan, biroq tez orada qo‘lga tushgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bozorda otishma keltirib chiqargan gumonlanuvchi — Iordan daryosining G‘arbiy sohilidan kelgan falastinlikdir.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)