Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan asos solgan Biohub tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazi sog‘liqni saqlash sohasidagi tadqiqotlar uchun birinchi 50 million dollar ajratilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Biohub Stenford, Berkli va San-Fransiskodagi Kaliforniya universitetlari bilan hamkorlik doirasida tashkil etilgan. Asos solinganidan beri markazga loyihalarda ishtirok etish uchun 700 ga yaqin talabnoma kelib tushdi.
Ular orasidan 47 olim tanlab olindi va 5 yil mobaynida tadqiqotlarini amalga oshirishi uchun 1,5 million dollardan ajratib berildi.
Markaz faqat bir kasallikka e’tibor qaratib qolmaydi, mutaxassislar istalgan yo‘nalish — a’zolarni 3D printerda chop etishdan tortib to‘qimalarning paydo bo‘lishi jarayonigacha o‘rganishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla o‘tgan yili sog‘liqni saqlash sohasidagi tadqiqotlar uchun 10 yil davomida 3 milliard dollar mablag‘ xayriya etishini e’lon qilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)