Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi Oliy sud binosi oldida yuz bergan portlash oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi.
Reuters’ning mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar berishicha, 48 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
TOLO News telekanali axborotiga ko‘ra, yaralanganlarning aksariyati ahvoli og‘ir; qurbonlar va jabrlanuvchilarning ko‘pchiligi tinch aholi vakillaridir.
“RIA Novosti”ning politsiyaga asoslanib xabar berishicha, sud xodimlari avtobusga chiqayotgan vaqtda avtoturargohdagi terrorchi-xudkush o‘zini portlatib yuborgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)