AQSh shimoli-sharqiy qismida minglab odamlar meteorit qulashiga guvoh bo‘ldi, deb yozadi National Geographic. Uning parvoziga kuchli panqillash ovozi hamrohlik qildi, hatto qaysidir lahzada uylar ham silkinib ketdi.
Viskonsin, Illinoys, Indiana, Michigan, Ogayo shtatlari hamda Kanadaning AQShga chegaradosh qismi osmonidan uchib o‘tgan obyekt haqida minglab guvohlar xabar berdi, ularning ko‘pchiligi esa meteorit parvozi aks etgan videolarni internetga joyladi.
Bolid deya tavsiflanayotgan osmon jismi Michigan ko‘li hududiga kelib tushdi. NASA mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, meteorit ovozining kuchi 10 tonna trotil portlashiga tengdir. Ularning hisob-kitoblari ko‘lga qulagan meteoritning diametri 0,7 metr, og‘irligi 270 kilogrammga yetishini ko‘rsatdi.
https://youtu.be/XCh6TREPebs
Izoh (0)