Germaniya kansleri Angela Merkel rasman Germaniya Federativ Respublikasi hukumati rahbari lavozimiga “Xristian-demokratik ittifoq” (XDI) va “Xristian-sotsial ittifoq” (XSI) partiyalaridan nomzodga aylandi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Shu tariqa, Merkel Germaniya hukmron koalitsiyasidan kanslerlikka umumiy nomzod bo‘ldi. XSI raisi, Bavariya bosh vaziri Xorst Zeexofer va amaldagi kansler qo‘shma saylovoldi strategiyasini taqdim etadi.
Germaniya bundestagiga saylovlar 2017-yilning sentabrida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng mamlakatda yangi hukumat shakllantiriladi va Germaniya kansleri saylanadi.
Izoh (0)