Yaponiya Mudofaa kuchlarining IShID terrorchilik guruhiga qarshi operatsiyalarda ishtirok etish ehtimolini istisno etadi, shuningdek, vaziyat keskinlashgan taqdirda harbiy kemalarining Janubiy Xitoy dengiziga yuborilishini ko‘zda tutmaydi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Tomomi Inada NHK telekanali efirida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
IShIDga qarshi kurashga kelsak, Mudofaa kuchlari bo‘linmalarimiz unda ishtirok etmaydi. Bosh vazir Sindzo Abe bu haqda aytib o‘tgan va bizning pozitsiyamiz o‘zgarmaydi.Yaponiya Mudofaa vazirligi rahbari, shuningdek, Janubiy Xitoy dengizida vaziyat keskinlashgan taqdirda Mudofaa kuchlari dengiz kemalari u yerga yuborilmasligini ma’lum qildi.Tomomi Inada, Yaponiya Mudofaa vaziri
AQSh bilan birgalikda Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyatni bir tomonlama o‘zgartirishga urinishlarga qarshi turishga kelishib oldik.IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.Tomomi Inada, Yaponiya Mudofaa vaziri
Izoh (0)