Tush pardoz vositalari orasidagi eng muhim buyumlardan biridir. U yaratadigan mo‘jizalardan hayratga tushish mumkin: kipriklar uzun va qalinroq, nigohlar ochiqroq, makiyaj esa idealga aylanadi. Biroq bugun bozorda uning turlari juda ko‘p. Quyida kipriklaringiz turiga qarab tush tanlash bo‘yicha tavsiyalarni keltirib o‘tamiz.
Agar kipriklaringiz tabiatan uzun va qalin bo‘lsa, kundalik hayotda tushdan foydalanmasangiz ham bo‘ladi. Oqshom makiyaji uchun esa deyarli istalgan tush mos keladi. Maqsadingiz ularga faqatgina urg‘u berish ekan, kipriklarni bir-biridan ajratuvchi cho‘tkacha kerak bo‘ladi.
Agar kipriklaringiz yetarlicha uzun, biroq qayrilmagan va siyrak bo‘lsa, uzaytiruvchi tushlarga umuman ehtiyoj yo‘q. Kipriklarni qayiruvchi qisqichlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganib oling. Shusiz ham uzun kipriklar uchun ularni qayirish va hajm berish kerak bo‘ladi. Shuning uchun volume-effektli tush tanlang. Yirik aylana cho‘tkali tush uzun kipriklarni qalinroq ko‘rsatadi.
Qalin, biroq kalta kipriklar uchun hajm beruvchi tushlar umuman tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, ularni qayiruvchi qisqichlar ham kipriklarni yanada kalta ko‘rsatib qo‘yadi. Bu holatda uzaytiruvchi tushlar mos keladi.
Maftunkor kipriklarga ega bo‘lishning yana bir usuli — ularni laminatsiya qilish. Qolaversa, kipriklarni sun’iy uzaytirish effektini beruvchi tush ularni ajratish, qayirish va uzaytirish vazifalarini bajaradi.
Izoh (0)