Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kiprik to‘kilishiga sabab bo‘luvchi omillar bir nechta. Quyida ushbu sabablar va ularning yechimlari bilan tanishasiz:

Foto: Flickr

Foto: Flickr

Allergiya

Agar kiprik to‘kilishi tush bo‘yog‘i almashishi bilan bog‘liq yoki foydalanayotgan bo‘yoqning muddati 3 oydan oshgan bo‘lsa, bu – allergiya.

Bu holatda kamida bir haftaga tushdan foydalanishni to‘xtating. Allergiyaga qarshi tomchi tomizing va tush bo‘yog‘ining sinovdan o‘tgan xilini sotib oling.

Qo‘lni toza yuvmaslik

Toza yuvilmagan qo‘l orqali o‘tgan infeksiyalar yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi.

Yallig‘lanish boshlanishi bilan barcha ko‘zga suriladigan kosmetik vositalardan foydalanishni to‘xtating va yallig‘lanishga qarshi dori tomizishni boshlang. Agar 2 kundan keyin ham o‘zgarish sezilmasa albatta shifokorga ko‘rining.

Kipriklarni qayirish

Kipriklarni qisqich yordamida qayirishda kiprik ildizi zarar ko‘rishi oqibatida ham kiprik to‘kilishi mumkin.

Kiprik to‘kilishining oldini olish uchun qisqichlardan foydalanishni kamaytiring.

Qalqonsimon bezning kasallanishi

Agar kiprik to‘kilishi soch to‘kilishi bilan birga boshlangan bo‘lsa, bu qalqonsimon bezning me’yoridan ko‘p garmon ishlab chiqara boshlaganini bildiradi.

Bu muammoni bartaraf etish uchun albatta shifokorga boring.

Alopetsiya

Bu kasallik nafaqat sochlarning balki kiprik va qoshlarning ham to‘kilib ketish belgilari orqali namoyon bo‘ladi.Bunday holatda tezlikda mutaxassis shifokorga murojaat qilishni tavsiya etamiz.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)