• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev mahallani “xalqning chinakam ko‘makdoshi”ga aylantiruvchi farmonni imzoladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Farmonning to‘liq matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

    Farmonning to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.

    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida:

    1. Quyidagilar mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:

    fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish;

    jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish;

    yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash;

    jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish;

    fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash.

    2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi va fuqarolar yig‘inlarining quyidagi takliflari ma’qullansin:

    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi) yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi shaklida tashkil etish;

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlarni (keyingi o‘rinlarda hududiy kengashlar deb ataladi) Respublika kengashining tarkibiy tuzilmalari sifatida tashkil etish;

    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilish vazifasini yuklash;

    Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining (keyingi o‘rinlarda “Mahalla” fondi deb ataladi) tegishincha respublika boshqaruvi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari, tumanlar va shaharlar bo‘linmalariga raislik qilishlari;

    Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari, shuningdek Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimlarini joriy etish;

    fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimini kiritish.

    3. Quyidagilar:

    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi ijro apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlar ijro apparatlarining namunaviy tuzilmalari 3 va 4-ilovalarga muvofiq;

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlar ijro apparatlari xodimlarining cheklangan soniga nisbatan toifalangan hududlar, tumanlar va shaharlar ro‘yxatlari 5 va 6-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.

    4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

    Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari zimmasiga yuklansin.

    5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari, Respublika kengashi, “Mahalla” fondi va mahallalar faollarining tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalla fuqarolar yig‘inlariga birlashtirish va bo‘lish yo‘li bilan qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

    6. Belgilab qo‘yilsinki:

    “Mahalla” fondi va fuqarolar yig‘inlarining taklifiga binoan Respublika kengashi, hududiy kengashlar ijro apparatlari “Mahalla” fondining tegishincha respublika boshqaruvi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari, tumanlar va shaharlar bo‘linmalari, shuningdek shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inlarining qayta tashkil etilishi munosabati bilan bo‘shaydigan shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi;

    Respublika kengashi, hududiy kengashlar ijro apparatlarining shtatdagi xodimlarini ta’minlash va moddiy rag‘batlantirish “Mahalla” fondi hisobidan amalga oshiriladi, ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan mablag‘larning yetmagan qismi esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi;

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatchilarining mehnatini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 1997-yil 13-maydagi PF-1778-sonli Farmonining mehnat haqi bo‘yicha Yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq rag‘batlantirish koeffitsiyenti sifatida maoshlarga 20 foizli ustama haq o‘rnatilishini nazarda tutadigan 1-bandining amal qilishi Respublika kengashi, hududiy kengashlar ijro apparatlari xodimlariga nisbatan qo‘llaniladi;

    Respublika kengashi, hududiy kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari lavozimlarida ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘la miqdorda to‘lash, bunda pensiyalarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan qoplash tartibi joriy etiladi;

    Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari maqomi, maishiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish borasidagi shart-sharoitlariga ko‘ra – vazirga, Respublika kengashi raisining o‘rinbosari – vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

    7. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga tegishli vazifalarni amalga oshirishda munosib hissa qo‘shgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillariga taqdim etiladigan “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni ta’sis etilsin.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

    8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika kengashi, “Mahalla” fondi:

    2018-yilning 1-dekabrigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari binolarini, 2021-yilning 1-dekabrigacha fuqarolar yig‘inlari idoralari binolarini namunaviy loyihalar va ularga qo‘yilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, ta’mirlash), shuningdek ularni zarur mebel jamlanmasi, komputer texnikasi, aloqa vositalari va internet tarmoqlari bilan jihozlash;

    “Mahalla markazi” majmualarida hududiy kengashlar hamda “Mahalla” fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari, tumanlar va shaharlar bo‘linmalarini joylashtirish choralarini ko‘rsin.

    9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Mahalla” fondi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

    10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S.Ismoilov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi O.B.Murodov zimmasiga yuklansin.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    03.02.2017, 19:52   Izoh (0)   22549
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasiga tashrif buyurdi

    03.02.2017, 19:35

    Shavkat Mirziyoyev binolari Humo qushi shaklida barpo etiladigan muz saroyi qurilishini borib ko‘rdi

    03.02.2017, 19:19

    Sergelida yiliga yarim milliard dollarlik mahsulot chiqaradigan “Toshkent metallurgiya zavodi” quriladi

    03.02.2017, 18:15

    Shavkat Mirziyoyev Yakkasaroy texnoparkiga tashrif buyurdi

    03.02.2017, 17:54

    “Bunday uylarni Toshkentning 10 tumanida 10 tadan qurishni rejalashtirmoqdamiz”. Shavkat Mirziyoyev Sergelida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar bilan tanishdi

    03.02.2017, 17:28

    Shavkat Mirziyoyev: Sergelida qurilayotgan metro loyihasi — O‘zbekiston tarixida yagona

    03.02.2017, 17:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston va Shvetsiya onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda hamkorlik qiladi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 09:15

    Fransiya Ukrainada dron ishlab chiqaradi

    Dunyo | 9 iyun, 08:54

    Millatlar Ligasi. Ronaldu va Portugaliya finalda Ispaniyani mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 9 iyun, 08:02

    Amerika aviakompaniyalari samolyotlarda Starlink xizmatini o‘chira boshladi

    Dunyo | 8 iyun, 23:55

    AQSH va Xitoy savdo bojlari borasida Londonda uchrashuv o‘tkazadi

    Dunyo | 8 iyun, 23:05

    Fransiya Germaniyani mag‘lub etib Millatlar Ligasi bronza medalini qo‘lga kiritdi

    Sport | 8 iyun, 22:38

    Fransiyada elektroskuter sabab yuzaga kelgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 8 iyun, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.