Turkiyada xorijiy sayyohlar sonining keskin kamayishi natijasida turizmdan keluvchi daromad 2016-yilda bir yil avvalgiga nisbatan 29,7 foizga pasaydi va 22,1 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Turkiya statistika idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, chet el fuqarolari sayohati daromadning 72,8 foizini tashkil etgan.Qolgan 27,2 foiz kirim esa Turkiyaning xorijiy mamlakatlardagi fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Har bir sayyoh o‘rta hisobda 705 dollar sarflagani qayd etildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)