BMT Shimoliy Koreyaga gumanitar yordam uchun 2017-yil birinchi yarmida 6 million dollar ajratadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Mazkur mablag‘ o‘tgan yilning shu davri uchun berilganidan 25 foizga kam. Ularni KXDRda ishlayotgan xalqaro tashkilotlar gumanitar yo‘nalishdagi mahsulotlar xarid qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va sog‘liqni saqlash ehtiyojlari uchun ishlatadi”, — deya ma’lum qildi Janubiy Koreyaning KBS radiosi.
Xalqaro tashkilot joriy yilning birinchi yarmida gumanitar yordamga muhtoj jami 9 mamlakatga 100 million dollarga yaqin mablag‘ ajratdi.
Ular orasida, KXDRdan tashqari, Kamerun, Liviya, Madagaskar, Mali, Niger, Nigeriya, Somali va Uganda bor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)