Afrika Ittifoqi 33 yillik tanaffusdan so‘ng tashkilot a’zoligiga qaytishga qaror qilgan Marokashning arizasini qabul qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Marokash tashkilotga a’zoligini qayta tiklash bo‘yicha o‘z arizasini rasman o‘tgan yili taqdim etgan edi.
O‘shanda mamlakat qiroli Muhammad VI o‘z hukmronligi davrida Marokashni Afrika iqtisodiy taraqqiyoti “markazi”ga aylantirish maqsadini e’lon qilgan edi.
Marokash Afrika Ittifoqini 1984-yili tark etgan (o‘shanda tuzilma Afrika birdamligi tashkiloti deb atalgan).
Bunga Marokashning hududiy da’volari ostida bo‘lgan Sahroi Kabir Arab Demokratik Respublikasi tashkilotga qabul qilingani sabab bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)