O‘zbekistonlik avtohavaskorlarning Facebook’dagi ommabop guruhlarida, shuningdek, Telegram messenjerida “O‘zavtosanoat” binosining hovlisida turgan Isuzu’ning ikki va to‘rt eshikli pikaplari suratlari tarqalmoqda.
Suratda aks etgan avtomobillar yangi, ayni vaqtda, ularga Samarqand viloyatida davlat raqam belgilari berilganini ko‘rish mumkin. Foydalanuvchilar mazkur avtomobillar O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkinligi, bu mahalliy tadbirkorlar va fermerlar uchun yaxshi sovg‘a bo‘lishini ta’kidlagan.
“Daryo” internet-nashri mazkur fotosuratlar yuzasidan “O‘zavtosanoat” kompaniyasi matbuot xizmatiga murojaat qildi.
Isuzu’ning bu avtomobillari O‘zbekistonga namuna tarzida olib kelingan. Bu avtomobillarning Samarqanddagi avtozavodda ishlab chiqarilishi haqidagi gap-so‘zlar hozircha hech qanday asosga ega emas.Ma’lumot uchun, suratlarda ikkinchi avlod Isuzu D-Max pikaplarining ikki va to‘rt eshikli modifikatsiyalari aks etgan. Isuzu kompaniyasi mazkur modelni General Motors bilan yaqin hamkorlikda tayyorlagan, ba’zi mamlakatlarda bu avtomobil Chevrolet D-Max nomi bilan sotiladi. Model hozirda asosan Tailandda ishlab chiqariladi.“O‘zavtosanoat” matbuot xizmati
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)