Avstraliyaning Uch Springs (Three Springs) shahri politsiyasi yo‘l harakati qoidasini buzgan fuqaroning bayonnomasi suratini Twitter’da e’lon qildi. Bayonnomada qoidabuzar tezlikni oshirganini o‘sha vaqtda yuz bergan juda kuchli shamol bilan izohlagan.
Qoidabuzar tezlikni belgilangan me’yordan 17 kilometrga oshirgan - u eng yuqori tezlik soatiga 110 kilometr bilan cheklangan hududda soatiga 127 kilometr tezlik bilan harakatlangan.
Bayonnomaning fotosuratiga asoslanib, haydovchiga 200 Avstraliya dollari miqdorida jarima solingani va uning haydovchilik guvohnomasiga ikki jarima balli yozilganini anglash mumkin.
Haydovchining izohi qismida esa shunday yozilgan: “Meni shamol itardi”.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)