Nissan kompaniyasining Hindistondagi bo‘limi Respublika kuni tantanalari sharafiga qurigan ko‘l tubida mamlakat xaritasini chizdi - bu chizma o‘z yo‘nalishida jahonda eng katta, deb hisoblanmoqda. Xarita chegaralarini chizish uchun GT-R superkaridan foydalanilgan, deb xabar bermoqda “Motor”.
Rajastxan shtatida chizilgan tasvirning uzunligi uch kilometr, kengligi esa, 2,8 kilometrni tashkil qiladi. Nissan tomonidan chizilgan Hindiston chegaralarining umumiy uzunligi 14,7 kilometrni tashkil qiladi.
Natija mutaxassislar tomonidan Ginness rekordlar kitobining hindcha muqobili bo‘lgan Limki rekordlar kitobiga kiritildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)