Toshkentdagi marshrutkalarda yo‘l haqini to‘lash uchun jetonlar joriy etiladi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
“Toshshahartransxizmat” kompaniyasining 26-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mazkur loyiha 2017-yilning ikkinchi choragida amaliyotga tatbiq etilishi aytib o‘tilgan.
“Gazeta.uz”ning yozishicha, rejaga ko‘ra, muayyan nominaldagi (1000, 1500 va 2000 so‘mlik) jetonlar chiqariladi va yo‘lovchilar yetishmagan mablag‘ni naqd to‘lashlari mumkin bo‘ladi.
UZ24’ning qo‘shimcha qilishicha, yo‘lovchi yo‘l haqi uchun bergan jeton qiymati kattaroq bo‘lsa, haydovchi naqd pul ko‘rinishida qaytim beradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)