Xitoyda tug‘ilish 2000-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Reuters ma’lum qildi.
2016-yilda mamlakatda 17,6 million bola dunyoga keldi. 2011—2015-yillarda bu ko‘rsatkich yuqoridagi raqamlardan har yili 1,4 millionga kam edi.
Ekspertlar mazkur ijobiy dinamikani 2015-yilda qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar bilan izohlamoqda. Xitoyda 2016-yil 1-yanvargacha “bir oilaga — bir farzand” siyosati amalda edi.
“2020-yilgacha mamlakatda tug‘ish yoshidagi ayollar soni har yili taxminan, 5 million kishiga kamayishi kutilmoqda. Biroq tug‘ilish yiliga 17—20 million chaqaloq darajasida saqlab qolinishiga umid qilmoqdamiz. Shu tariqa 2030-yilga kelib mamlakat aholisi soni 1,42 milliard kishiga yetishi mumkin”, — deya ta’kidladi Xitoy sog‘liqni saqlash va oilani rejalashtirish milliy komissiyasi rahbarlaridan biri Yan Venchjuan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)