Bishkek yaqinida Boeing 747 yuk samolyoti halokatga uchrashi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 39 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “TASS” Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.
“Respublika Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot markazida 29 yoshli Saginbek Rahmonov vafot etdi, u davolash muassasasiga samolyot qulagan joydan keltirilgan edi”, — deya ma’lum qildi muassasadagilar. Yigitning o‘limiga u olgan ko‘plab kuyish jarohatlari sabab bo‘lgan.
Ayni paytda Bishkek kasalxonalari va klinikalarida samolyot halokatga uchragan vaqtda jarohatlar olgan o‘nga yaqin kishi qolmoqda.
Ma’lumot uchun, 16-yanvar, dushanba kuni tongda Bishkekning “Manas” aeroportidan bir necha kilometr masofada joylashgan “Dacha” qo‘rg‘oniga Turkiyaning MyCargo Airlines aviakompaniyasiga tegishli “Boing 747” yuk samolyoti qulagan edi.
Izoh (0)