AQSh janubi-sharqidagi tornado va po‘rtanalar oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hammadan ko‘p Jorjiya shtatining qishloq hududlari jabr ko‘rdi. Favqulodda holat e’lon qilingan shtat rasmiylari qurbonlar soni ortishi mumkinligini istisno qilmadi.
Florida va Alabama shtatlarida ham noqulay ob-havo tufayli og‘ir vaziyat yuzaga keldi. Meteorologlar shamol kuchayishi mumkinligini bashorat qilmoqda.Prezident Donald Tramp tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan shtatlarga yordam qilishni va’da berdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)