Zimbabveda dafn marosimiga kelgan 6 kishi yashin urishi tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Daily Mirror xabar bermoqda.
Hodisa mamlakat g‘arbidagi Shimoliy Matabelelend provinsiyasida ro‘y berdi. Qishloq ahli qabila boshlig‘ining singlisini dafn etishga to‘plangandi.
Momaqaldiroq boshlangach, uyni yashin urdi. Uy yonib ketdi, lekin hech kim jabrlanmadi. Keyingi yashin esa marosim ishtirokchilari yomg‘irdan yashiringan daraxtga borib tegdi.
Tabiiy ofat tufayli 6 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi kuyish jarohatlari oldi. Ularga birinchi yordam ko‘rsatildi va uylariga ketishga ruxsat berildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)