Deloitte kompaniyasi 2015/16-yilgi futbol mavsumida jamoalar qancha tushum qilgani borasida surishtiruv o‘tkazdi va eng katta daromad qilgan klublar reytingini tuzib chiqdi. Kompaniya ularning dastlabki 20 tasi nomini e’lon qildi, deb yozdi “Sports.ru”.
Oradan 11 yil o‘tib ro‘yxatning birinchi pog‘onasiga “Manchester Yunayted” klubi qaytib chiqdi. O‘tgan vaqt davomida Madridning “Real” klubi peshqadamlikni hech kimga bermay kelayotgandi 2015/16-yilgi mavsumdan keyin esa “Qirollik klubi” birdaniga ikki pog‘ona pastladi. “Barselona” esa ikkinchilik ko‘rsatkichini saqlab qoldi.
Reyting tuzib chiqqan Deloitte futbol uchrashuvlaridan kelib tushadigan pullar, translyatsiya va tijorat mablag‘lari hisob-kitobini olgan. Bu klublarning peshona teri bilan topadigan daromadidir. Kompaniya mablag‘larni hisoblashda transfer bozoridan keladigan summalarni hisobga olmagan.
Bitta mavsum davomida “Yunayted” 515 million funtdan ko‘proq ishlagan. Bu borada jamoa ashaddiy raqibi “Siti”dan 120 millionlar chamasi o‘zib ketgan. Qiziq tomoni, Ispaniyaning ikki ashaddiy raqibi — “Barselona” va “Real”ning bozordagi ulushi teng ko‘rinish hosil qilgan. “Lester” va “Vest Hem” esa 20 talikka ilk bor kirgan.
Quyida Top-20 klublari bilan tanishish mumkin. Qavs ichidagi ko‘rsatkich klubning o‘tgan yildagi o‘rnidan qay tomonga siljiganiga oydinlik kiritadi.
Izoh (0)