Sidneyda yashovchi Xeyli Uestobi sobiq sevgilisi uning ortiqcha vazni haqida kesatgandan so‘ng 65 kilogramm vazn tashladi. Bu haqda 18-yanvar, chorshanba kuni Daily Mail ma’lum qildi.
25 yoshli Xeyli universitetda ta’lim olayotgan birinchi yilida 119 kilogrammgacha semirdi. Qiz fastfud va alkogolni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilar edi. Sobiq yigitining qo‘pol izohi bunga chek qo‘yishiga sabab bo‘ldi.
“Biz allaqanday be’manilik uchun urushib qoldik, shunda u ozish ortiqchalik qilmasligini ma’lum qildi”, — deb xotirlaydi qiz.
Janjaldan so‘ng Xeysi hayot tarzini qaytadan ko‘rib chiqdi va vazn tashlashi lozimligini tushunib yetdi. Uestobi to‘g‘ri ovqatlanish va sport zalda muntazam shug‘ullanish tufayli ozishga erishdi.
“Ich-ichimdan u qo‘pollik qilishni istamaganligi, aksincha vaznimdan xavotirlanganligini tushunaman”, — deydi u.
Mavzuga doir: 63 kilogrammga ozgan daniyalik qiz modelga aylandi
Izoh (0)