AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi, qochqindagi inson huquqlari himoyachisi Edvard Snoudenning Rossiyada yashash ruxsatnomasi uch yilga uzaytirildi va yaqin orada u mazkur mamlakat fuqaroligini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Snoudenning advokati Anatoliy Kucherena ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
“Yangi yil bayramidan so‘ng Rossiya migratsion xizmatlari Snoudenning yashash ruxsatnomasini yana uch yilga uzaytirishga qaror qildi. Shu tariqa, u Rossiya fuqaroligini olishi uchun asos paydo bo‘ladi”, — deb ma’lum qildi Kucherena 18-dekabr kuni.
Snouden Rossiya fukaroligini olishga hujjat topshirish-topshirmasligi haqidagi jurnalistlarning savoli ochiq qoldi.
Izoh (0)