Rossiya O‘zbekiston bilan munosabatlar chuqurlashishiga umid qilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvadagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi UzDaily.
“Rossiya va O‘zbekiston aloqalariga kelsak, O‘zbekiston bir necha yillar oldin Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti tarkibidan chiqqaniga qaramay, ular avvaldan strategik sheriklik va ittifoqdoshlik hisoblanadi”, — dedi Rossiya TIV rahbari.
“Bizning ikki tomonlama ittifoqdoshlik aloqalarimiz xalqaro huquqiy planda mustahkamlangan. Biz O‘zbekistonning yangi prezidenti va rahbariyati aloqalarni davom ettirishni ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan, deb hisoblaymiz. Biz buni ma’qullaymiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi Lavrov.
“Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiya va boshqa qo‘shnilari bilan aloqalarini chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar, shu jumladan, ko‘p tomonlama tuzilmalar bizning davlatlarimiz xalqlari manfaatlari yo‘lida ishga solinadi, deb umid qilamiz”, — dedi Sergey Lavrov.
Izoh (0)