Janubiy Koreyaning Daewoo va Hyundai kompaniyalari Qashqadaryo viloyatidagi Talimarjon issiqlik elektrostansiyasida umumiy quvvati 900 megavatt bo‘lgan ikki bug‘-gaz qurilmasini ishga tushirishni yakunladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Jami qiymati 1,28 milliard dollar bo‘lgan mazkur loyihani moliyalashtirish Osiyo taraqqiyot bankining 350 million, Yaponiya xalqaro taraqqiyot agentligining (JICA) 300 million, O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondining 250 million dollar krediti va “O‘zbekenergo” AJ mablag‘i hisobidan amalga oshirildi.
Ikki yangi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirilishi bilan Talimarjon IESda elektr energiyasi ishlab chiqarish 2,3 barobar ko‘payib, 10,4 milliard kilovatt-soatni tashkil etadi.
Hozirda 2022-yilgacha umumiy quvvati 900 megavatt bo‘lgan yana ikkita bug‘-gaz qurilmasini ishga tushirish va IESda elektr energiyasi ishlab chiqarishni yiliga 20,4 milliard kilovatt-soatga yetkazish yuzasidan loyiha ishlab chiqilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)