Boeing 747 yuk samolyoti qulagan Bishkek ostidagi qishloqda joylashgan uylarning yarmi fojia oqibatida vayron bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vaziri Qubatbek Boronov ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Oxirgi ma’lumotlar mana bunaqa: 32 qurbonning tanalari, ularning tanasi qoldiqlari topildi. Hozir qidiruv ishlari davom etmoqda, kechgacha barchasini tugatsak kerak. Qulagan samolyot jami 17 uyni vayron qildi. 23 ta uy zarar ko‘rdi, shulardan 17 tasi butunlay vayron bo‘ldi”, — dedi u Sputnik radiosiga bergan intervyusida.
Qishloqda jami 43 dala hovli joylashgan edi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, qurbonlar soni 35 kishiga yetdi.
Izoh (0)