AQSh prezidenti Barak Obama Vashington tomonidan Eron va Liviyaga nisbatan joriy etilgan qator sanksiyalar, shuningdek, Zimbabve va Venesuelaning mansabdor shaxslariga qaratilgan cheklovlarni saqlab qolish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shuningdek, 20-yanvarda vakolati yakuniga yetayotgan davlat rahbari Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilayotgan terrorchilarga nisbatan sanksiyalar tartibini ham kuchda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Obama Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)