Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Igor Shuvalov yaqin orada Yevropa davlatlarining Rossiyaga qarshi sanksiyalari bekor qilinishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bir narsani tushunish vaqti yetdi. Yaqinda sanksiyalar amal qilishini to‘xtatadi. Rossiya hukumat o‘z harakatlarida shundan kelib chiqishi kerak. Bizning vazifalarimiz boshqacha bo‘ladi”, — dedi u.
Bir muddat ilgari Rossiyaning sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin ham shunga yaqin fikrlar bildirgan edi.
Izoh (0)