2015-yilda Charlstondagi (Janubiy Karolina shtati) metodistlar cherkovining to‘qqiz nafar qora tanli dindorini o‘ldirgan Dilan Ruf masalahatchilar ishtirokidagi sud majlisida o‘lim jazosiga mahkum etildi, deb yozadi Meduza.
Rufga 30 dan ortiq band bo‘yicha ayblovlar e’lon qilindi, shularning 18 tasi o‘lim jazosini nazarda tutadi. Maslahatchilar kollegiyasi “charlstonlik mergan”ni barcha bandlar bo‘yicha aybdor deb topdi.
Sudya Rufni oliy jazoga mahkum etish to‘g‘risidagi hukmni bir necha soat ichida o‘qib eshittirishi kutilmoqda.
Sudlanuvchining advokatlari, o‘z navbatida, maslahatchilarning Rufni o‘lim jazosiga hukm qilish qarori, ishni ko‘rib chiqish apellyatsiya tufayli yana uzoq vaqtga cho‘zilishini anglatishini aytdi.
Avvalroq Dilan Ruf so‘rov jarayonida jinoyatni sodir etganligini tan olgan edi.
Izoh (0)