Birlashgan Qirollik 1986-yildan 1989-yilgacha Saudiya Arabistoniga 500 ta kassetali bomba yetkazib bergan. Ushbu ma’lumotlarni Britaniyaning The Guardian gazetasi keltirib o‘tdi, ularni mamlakat mudofaa vazirligi tasdiqladi, deb yozadi “TASS”.
O‘q-dorilar 1986-yilda tuzilgan hukumatlararo kelishuv asosida yetkazilgan, so‘nggi partiya 1989-yilda taqdim etilgan.
Avvalroq Amnesty International huquqni muhofaza qiluvchi xalqaro tashkilot Londonni Ar-Riyodga taqiqlangan kassetali bombalarni yetkazib berganlikda ayblagan edi. Yaman hududiga zarba berishda qo‘llanilgan bombalardan biri Yamanda topilgan, ammo u 1970-yillarda — taqiq kiritilishidan bir necha o‘n yillar oldin ishlab chiqarilgani aniqlangan.
Izoh (0)