Xitoyning Alibaba Group internet-giganti Amerikaning 1 millionta kichik biznes korxonalariga ularning mahsulotlarini Xitoy va Osiyodagi boshqa bozorlarga eksport qilishda yordam beradi. Bu haqda kompaniya boshqaruvi raisi Jek Ma AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Saylangan prezident juda aqlli deb o‘ylayman. Men unga savdoni, xususan, kichik biznes sohasidagi savdo, mamlakat tashqarisidagi savdo-sotiqni yaxshilash borasidagi g‘oyalarimni gapirib berdim”, — dedi Alibaba rahbari.
“Chunonchi, biz 1 millionta kichik korxonalarni Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari va xizmatlarini sotish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash haqida gaplashdik”, — deya ta’kidladi u.
Tramp Jek Ma bilan muzokaralarni do‘stona deb, uning o‘zini esa “atoqli tadbirkor” deb atadi hamda ular birgalikda “buyuk ish” qilishini aytdi.
Izoh (0)