Amerika prezidenti Barak Obama IShID yo‘q qilinishini aytdi. Bu haqda u Chikagodagi “vidolashuv” nutqida aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Biz o‘n minglab terrorchilarni, shu jumladan, Usama bin Ladenni yo‘q qildik. IShIDga qarshi biz rahbarlik qilayotgan xalqaro koalitsiya uning boshliqlarini yo‘qotdi va undan hududlarining qariyb yarmini olib qo‘ydi. IShID yo‘q qilinadi va Amerikaga tahdid soladiganlardan hech biri xavfsizlikda bo‘lmaydi”, — deya ishontirdi Obama.
“Pogonli erkaklar va ayollarimizning hamda razvedka, huquq-tartibot organlari xodimlari va ularni qo‘llab-quvvatlayotgan diplomatlarning mislsiz mardliklari sharofati bilan, hech qaysi terrorchilik tashkiloti so‘nggi sakkiz yil ichida bizning vatanimizga qarshi birorta ham hujumni muvaffaqiyatli rejalashtirib, amalga oshira olmadi”, — dedi Amerika davlati rahbari.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)