Yevropada qayd etilgan odam immunitet tanqisligi virusi (OITV) yuqtirilishi bilan bog‘liq yangi holatlarning deyarli uchdan ikki qismi Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Yevropa kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazining qo‘shma hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Hujjatda Yevropadagi 50 dan ortiq davlat, jumladan, Rossiya bo‘yicha statistika keltirilgan va 2015-yilga oid raqamlar qamrab olingan.
“Rossiyada OITVga chalinish ko‘rsatkichi 100 ming aholiga 67 kishini tashkil etdi, bu mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 2015-yilda Yevropada infeksiya yuqtirilishi bilan bog‘liq 153 ming holat qayd etildi. Rossiyaga mintaqadagi shunday holatlarning 64, Yevropaning sharqiy qismini esa 81 foizi to‘g‘ri kelmoqda”, — deyiladi hisobotda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyada OITVga chalingan milliondan ortiq odam ro‘yxatga olingani ma’lum qilingandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)