Yaponiya hukumati taxtga yangi imperatorning o‘tirishi marosimini 2019-yil 1-yanvarda o‘tkazmoqchi, deb yozadi “Gazeta.ru” “Sankey”ga tayanib. U esa o‘z navbatida manbalariga tayanmoqda.
Bunday imkoniyatni ko‘zda tutadigan qonun loyihasini shu yilning may oyida taqdim etish rejalashtirilmoqda.
Yaponiyaning amaldagi imperatori Akixito taxtdan voz kechishni istashiga shama qildi. 83 yoshli imperator o‘rnini uning to‘ng‘ich o‘g‘li Naruxito egallaydi.
Yaponiya konstitutsiyasi taxtdan voz kechishni nazarda tutmaydi, shu tufayli Yaponiya hukumati tuzatishlarni tayyorlamoqda.
Izoh (0)