Venesuela muxolifat parlamenti 9-yanvar, dushanba kuni prezident Nikolas Maduro o‘z majburiyatlarini bajarmagani uchun lavozimini tark etgan deb e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ushbu qarorni yoqlab ko‘pchilik deputatlar — 106 kishi ovoz berdi. Hukumatparast deputatlar ovoz berish boshlangan vaqtda zalni tark etdi.
El Nacional qayd etishicha, deputatlar konstitutsiyaning 233-moddasi doirasida harakat qilgan, u, xususan, prezident o‘z lavozimida yo‘q deb topilsa, davlat rahbarligiga yangi saylovlar belgilanishini ko‘zda tutadi.
Izoh (0)