AQSh strategik zaxiralarida saqlanayotgan 8 million barrel neftni sotish, tushgan mablag‘ni esa neft omborlari va quvurlarni modernizatsiya qilishga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda mamlakat energetika vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Vazirlik neft xarid qilishga buyurtmalarni 17-yanvargacha qabul qiladi, xomashyo esa mart va aprelda yetkazib beriladi. Texasdagi Bryan Mound va Big Hill omborlaridan 3 million barreldan, Luizianadagi West Hackberry omboridan 2 million barrel neft sotilishi mo‘ljallanmoqda.
Keyingi 4 yil mobaynida AQSh strategik zaxiralaridan umumiy hisobda 2 milliard dollarlik yoqilg‘i sotilishi mumkinligi bildirilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)