Kobulning Dorulomon tumanida ro‘y bergan qo‘sh terakt qurbonlarining soni 22 kishiga yetdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
43 kishi turli darajada jarohatlar olgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, birinchi terakt xavfsizlik boshqarmasining sobiq binosi yaqinida, ikkinchisi esa Afg‘oniston parlamenti telestudiyasi oldida amalga oshirildi.
Dorulomon tumanida Afg‘oniston IIV, TIV, parlament, shuningdek, Rossiya elchixonasi joylashgan.
Izoh (0)