Xitoyning Xunan provinsiyasida arxeologlar 1,4 ming yil avvalgi, ikki ayol tasviri tushirilgan qadimiy maqbarani topdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Maqbaraning uzunligi 14, eni 2 metr bo‘lib, Chenchjou shahri yaqinidagi qishloqdan topildi. Undagi rangli tasvirlarda uzun yubka va keng yoqali libos kiygan ikki ayol aks etgan. Olimlar maqbara 420—589-yillarda, Janubiy va Shimoliy sulolalar davrida qurilganini taxmin qilmoqda.
Ayollar surati Xunanda topilgan maqbaralardagi eng qadimiy tasvirlar. Ularni Shimoliy Xitoyda ko‘rish kamdan-kam nasib etadi. Suratlar Xitoy libosi tarixini o‘rganishda yordam beradi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Lo Shengyang, olim
Izoh (0)