Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov Qora dengizga qulagan Tu-154 samolyoti halokati sabablari aniqlangani haqidagi OAV xabarlarini rad etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tu-154 aviahalokati sabablari go‘yo aniqlangani haqidagi xabarlar uydirmadan bo‘lak narsa emas. Aviahalokatni o‘rganish bo‘yicha komissiya faoliyatini davom ettirmoqda. Tekshiruv yakunlangunga qadar kimnidir ayblash yoki qandaydir “xulosalar” chiqarishga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.Ma’lumot uchun, komissiya raisi, Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov layner qulashi sabablari haqidagi dastlabki ma’lumotlar 2017-yil yanvarida e’lon qilinishi mumkinligini bildirgandi.Igor Konashenkov, Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)