Filippin janubida 10-yanvar, seshanba kuni tongda 7,3 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Yer osti silkinishi epimarkazi Tabiauan mintaqasidan 199 kilometr uzoqda, 622 kilometr chuqurlikda bo‘lgani qayd etildi.
Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha xabar berilmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)