Dyusseldorf prokuraturasi Germanwings aviakompaniyasi samolyoti halokati bo‘yicha tergov ishini yopdi. Ikkinchi uchuvchi Andreas Lyubits yagona aybdor deb topildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Tergov yana kimgadir ayblov e’lon qilishga sabab topmadi.Tergov Lyubitsni tekshiruvdan o‘tkazgan vrachlar, ish beruvchilar va yaqinlari kabi, uning joniga qasd qilishga moyilligi haqida bilmaganligini aniqladi. Uchuvchilarning muntazam tibbiy tekshiruvlarida ham hech qanday shubha uyg‘onmagan.Kristofer Kumpa, prokuror
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil 24-martida Barselonadan Dyusseldorfga uchgan A320 Fransiya Alplariga qulagan va uning bortidagi barcha 150 kishi halok bo‘lgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)