AQShning saylangan prezidentining qizi Ivanka Tramp Trump Organization oilaviy kompaniyasi vitse-prezidenti lavozimidan iste’foga chiqib, oilasining Vashingtonga joylashib olishiga e’tiborini qaratmoqchi, deb yozadi “TASS” The New York Times’ga tayanib.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ivankaga “hech bo‘lmaganda, hozircha” otasining bo‘lajak ma’muriyatidan yoki Oq uy maslahatchilari shtatidan ish o‘rni qidirishmaydi.
Ivankaning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner davlat rahbari bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U Respublikachilar partiyasi Milliy qo‘mitasi raisi Rayns Pribes va Stiven Bennon bilan yaqin doirada ishlaydi, ular tegishli ravishda Oq uy xodimlari apparati rahbari va Amerikaning 45-prezidentining asosiy siyosiy masalahatchisiga aylanadi.
Kushner ma’muriyatdagi faoliyati davomida maoshdan voz kechishga qaror qildi.
Izoh (0)