Futbol bo‘yicha Ispaniya la ligasining 17-turi 8-yanvar kuni ham davom etdi. “Real”, “Atletiko”, “Sevilya” klublarining g‘alabasi bilan yakuniga yetgan kun natijalari shu havolada aks etgan.
Turning markaziy o‘yini “El Madrigal” stadionida o‘tib, chempionlik uchun da’vogar “Barselona” 2 ochko yo‘qotdi. “Vilyarreal” futbolchilari Nikola Sansonening 49-daqiqadagi goli bilan hisobda oldinga chiqib olgandi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasiga kelib Lionel Messi Kataloniya klubini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi.
Mazkur ochko yo‘qotishdan keyin “Barselona” 3-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmadi. Ayni vaqtda klub “Sevilya”dan 1, “Real Madrid”dan esa 5 ochko kamroq jamg‘argan. “Real” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgani uchun, yana bitta vakant o‘yinga ega.
Ma’lumot uchun, qishki tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvini Bilbaoda “Atletik”ka qarshi o‘tkazgan “Barselona” 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. La liga doirasida esa “Vilyarreal”ni mag‘lub eta olmadi.
Ispaniya la ligasi 17-tur bellashuvlari 8-yanvar, yakshanba
“Atletik” — “Alaves” 0:0
“Betis” — “Leganes” 2:0
Gollar: Ruben Kastro, 51 (1:0). Kristiano Pichchini, 85 (2:0).“Selta” — “Malaga” 3:1
Gollar: Yago Aspas, 7 (1:0). Daniel Vass, 60 (2:0). Andreu Fontas, 73 (3:0). Daniel Vass, 86-avt (3:1).“Vilyarreal” — “Barselona” 1:1
Gollar: Nikola Sansone, 49 (1:0). Lionel Messi, 90 (1:1).Chetlatish: Xaume Kosta, 90+4 (V).9-yanvar, dushanba“Osasuna” — “Valensiya”
Izoh (0)