Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 80 mamlakat fuqarolari uchun besh kunlik vizasiz tartib joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda uning rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Vizasiz kirish faqat Minsk milliy aeroportidagi o‘tkazish punkti orqali amalga oshiriladi.
Farmon Yevropaning 39 mamlakatiga, shuningdek, Braziliya, Indoneziya, AQSh, Yaponiya va boshqalarga nisbatan amal qiladi.
Saytda ta’kidlanishicha, mazkur imtiyozdan Latviya va Estoniyadagi fuqaroligi yo‘q shaxslar ham foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Vizasiz tartibdan foydalanish uchun pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat, pul mablag‘lari, 10 ming yevrodan kam bo‘lmagan qiymatdagi tibbiy polis bo‘lishi lozim.
Izoh (0)