Vashington AQSh yoki uning ittifoqdoshlariga xavf tug‘dirgudek bo‘lsa, Shimoliy Koreya hududidan uchirilgan raketalarni urib tushirishga tayyor. Bu haqda Pentagon rahbari Eshton Karter NBC telekompaniyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Ularning yadro quroli va ballistik raketalarni yaratish bo‘yicha dasturi biz uchun jiddiy tahdid hisoblanadi. KXDR ballistik raketalari biz va ittifoqdoshlarimiz uchun xavf tug‘dirsa, urib tushiriladi.“KXDR raketalari bevosita sinov chog‘i urib tushirilishi mumkinmi?” degan savolga AQSh mudofaa vaziri “bu faqat raketalar bizning yoki ittifoqdoshlarimiz hududiga qarata uchirilganida amalga oshiriladi”, deb qo‘shimcha qiladi.Eshton Karter, Pentagon rahbari
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaga qochib o‘tgan shimollik sobiq diplomat Txe Yon Xe KXDRning 2017-yili AQShga zarba berishga qodir yadro kallakli ballistik raketa yaratish rejasi haqida ma’lum qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)