Suriya hukumati dushmanlar ustidan g‘alaba qozonish sari ishonch bilan qadam tashlamoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Bashar Asad Fransiya OAVlari, jumladan, France Info telekanali va RTL radiostansiyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Urushning hal qiluvchi pallasiga kirdik, g‘alabaga erishish yo‘lidamiz. Barcha terrorchilarni yo‘q qilgandan so‘ng o‘zimizni to‘la g‘alaba qozongan hisoblaymiz. Tinch aholi oxir-oqibat jangarilardan ozod qilinadi. Suriya davlati fuqarolar terrorchilar izmida qolishiga yo‘l qo‘ymaydi”, — deya ta’kidladi Asad.
Ma’lumot uchun, fransuz jurnalistlari Suriyaga tashrif buyurgan Fransiya parlamentining uch deputatidan iborat norasmiy delegatsiyaga hamrohlik qilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)