Venesuela rasmiylari o‘tgan yil dekabri o‘rtalarida berkitilgan Braziliya bilan chegaradan o‘tishga ruxsat berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“6-yanvar, juma kunidan boshlab chegara to‘liq ochiq. Venesuelaning Santa-Elena-de-Uayren shahrini Braziliyaning Parakayma munitsipaliteti bilan bog‘lovchi o‘tish yo‘li odatiy tartibda ishlamoqda”, — deya ma’lum qildi Braziliya TIV.
Chegara mamlakatda muomaladan chiqarilayotgan 100 bolivar miqdoridagi kupyuralar kontrabandasiga qarshi kurash maqsadida Venesuela hukumati ko‘rsatmasiga binoan yopilgandi.
Dastlab rasmiylar dekabrning ikkinchi yarmida mazkur banknotalar muomalasini to‘liq to‘xtatish niyatida edi. Biroq mamlakatda yuzaga kelgan norozilik namoyishlari va tartibsizliklardan so‘ng bu chora avvaliga 2017-yil, 2-yanvar, keyinchalik 20-yanvargacha uzaytirildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)