McDonald’s Corp. kompaniyasi Xitoy va Gonkongdagi biznesining 80 foizini sotadi, deb yozadi “TASS” CITIC Group va Carlyle Group kompaniyalar konsorsiumi bayonotiga tayanib.
Sotilayotgan paket 2,08 milliard dollarga baholanmoqda. CITIC 52 foiz, Carlyle Group esa 28 foizga ega bo‘ladi. Amerika korporatsiyasi aksiyalarning 20 foizini o‘zida qoldiradi. Hamkorlik doirasida besh yil davomida Xitoyning kichik shaharlarida 1,5 mingdan ortiq McDonald’s tarmog‘i restoranlarini ochish rejalashtirilmoqda.
Ekspertlar fikricha, oldi-sotdi Amerika kompaniyasiga Xitoy bozoridagi raqobat kurashida yordam beradi.
Izoh (0)