AQSh prezidenti Barak Obama ABC telekompaniyasiga bergan intervyusida 2009-yil oxirida Afg‘onistonga qo‘shimcha harbiy kontingentning jo‘natilishini o‘zining “eng qiyin qarori” deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Eng qiyin qarorni prezidentlik lavozimida ish boshlaganimda, Afg‘onistonga yana 30 ming askarni yuborishga buyruq berganimda qabul qilganman. Garchi aslida boshqa davlatlarda amerikalik harbiylar keng ko‘lamda bo‘lishiga chek qo‘yish niyatida bo‘lsam-da. Bu to‘g‘ri qaror bo‘lgan, deb o‘ylayman, chunki “Tolibon” o‘shanda sezilarli darajada kuchaygandi.Davlat rahbari Iroqdagi kampaniyani doimo xato sanagani, diqqatni aynan Afg‘onistonga qaratish zarur deb hisoblaganini bildirib, AQSh afg‘on qurolli kuchlari mustahkamlanishiga hissa qo‘shganini eslatib o‘tdi.Barak Obama, AQSh prezidenti
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)