Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi poytaxt Ar-Riyod shimolida IShIDga mansubligi taxmin etilgan ikki terrorchi yo‘q qilinganini bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Vazirlikka ko‘ra, terrorchilar otishma davomida o‘ldirildi. Ular istiqomat qilgan uyda xudkush kamari, qurol va o‘q-dorilar topildi. Shuningdek, bomba tayyorlash uchun ishlatiladigan ashyolar borligi aniqlandi.
Otishma davomida politsiya zobiti jarohat oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)